Niqob taqmagan yo‘lovchi 10 ming dollar jarima to‘ladi
AQSH Federal aviatsiya boshqarmasi yo‘lovchiga parvoz vaqtida niqob taqmagani uchun 10 ming dollarga jarima soldi.


"RIA Novosti" yozishicha, bort kuzatuvchisi unga 7 marta parvoz vaqtida niqob taqish kerakligini eslatgan. Ammo har safar bort kuzatuvchisi ketishi bilan yuzidan niqobni olib tashlayvergan.
Oxir-oqibatda yo‘lovchi styuardessa bilan janjallashgan, qoidabuzarlik to‘g‘risidagi dalolatnomani to‘ldirishdan va pasportini taqdim etishdan bosh tortgan. Bundan tashqari, bort kuzatuvchisini agressivlikda ayblagan.







