Shvetsiyada samolyot qulashi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi
Bu haqda mahalliy politsiya xabar qilmoqda.

"Bu juda jiddiy baxtsiz hodisa. Halokatga uchragan samolyot bortida bo‘lganlar barchasi vafot etgan", - deyiladi Shvetsiya politsiyasi xabarida.
Maʼlumotlarga ko‘ra, halokat chog‘ida bortda 8 nafar parashyutchi va uchuvchi bo‘lgan. Samolyot Erebru aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagidan parvoz qilishi bilan qulab tushgan va yonib ketgan.
Mamlakat bosh vaziri Stefan Leven o‘zining Twitter´dagi sahifasida halokat qurbonlarining yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Sharofat Mahmudova







