Yangi Zellandiyada havo shari qulashi natijasida 11 kishi jabrlandi
NZ Herald gazetasining xabar berishicha, Yangi Zellandiyada havo sharining turar- joy ustiga qulashi natijasida kamida 11 kishi jabrlangan.


Shar Janubiy oroldagi Erroutaun aholi yashash punktida qulab tushgan. Hozircha bunga nima sabab bo‘lgani aytilmayapti.
Jarohatlangan 11 kishidan 2 nafari og‘ir ahvolda, ular vertoletda shifoxonaga yuborildi. Yana bir kishi o‘rtacha og‘irlikda jarohatlangan.
Jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga yotqazilgan.







