AQSH va Rossiya prezidentlarI telefon orqali suhbatlashdi
Kecha tunda AQSH prezidenti Jo Bayden va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali suhbatlashdi.


Suhbat chog‘ida Bayden Putinning eʼtiborini rossiyalik xakerlarning hujumlariga qaratdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Bayden Rossiya mahalliy xakerlar guruhi faoliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha chora ko‘rishi kerakligini taʼkidladi. U, shuningdek, AQSH o‘z xalqi va o‘ta muhim infratuzilmasini bunday doimiy hujumlardan himoya qilish uchun barcha choralarni qo‘llashini aytdi.
Bundan tashqari prezidentlar Jenevada o‘tkazilgan sammitdan so‘ng jamoalari bajargan ishlarni muhokama qilishdi.
Putin va Baydenning Jenevadagi uchrashuvi 16 iyun kuni bo‘lgan edi. Sammitdan so‘ng Amerika yetakchisi Rossiya prezidentiga kiberhujumlarga uchrashi kerak bo‘lmagan 16 ta asosiy sektor ro‘yxatini bergan. Bloomberg xabariga ko‘ra, ro‘yxatga mudofaa sanoati, energetika va moliyaviy institutlar kiritilgan.
Oq uy vakili Jen Psaki brifingda " telefon suhbati qariyb 1 soat davom etganini eʼlon qildi.
Sharofat Mahmudova







