Jahon

Checheniston rahbari lavozimiga uch kishi daʼvogarlik qilmoqda

Checheniston Respublikasi rahbari lavozimiga 9 iyul holatiga ko‘ra uch nomzod ko‘rsatilgan. Nomzodlarni ko‘rsatish bosqichi yakunlandi, deya xabar beradi respublika saylov komissiyasi.

Checheniston rahbari lavozimiga uch kishi daʼvogarlik qilmoqda

 

"Yagona Rossiya" partiyasining mintaqa bo‘limidan Chechenistonning hozirgi rahbari Ramzan Qodirov, Kommunistik partiyadan - Checheniston parlamenti deputati Xolid Nakayev, "Adolatli Rossiya - vatanparvarlar haqiqat uchun" partiyasidan nomzod respublika  hukumati maʼmuriyati rahbarining o‘rinbosari Iso Hojimurodovlar saylovda raqib bo‘lishdi.

 

Nomzodlar o‘zlarini qo‘llab-quvvatlash uchun munitsipalitetlarning vakillik organlari deputatlarining 179 ta imzolarini to‘plashlari kerak, shundan 22 tasi - Checheniston respublikasi shahar okruglari vakillik organlari deputatlari imzosi bo‘lishi kerak.

 

Checheniston rahbari uchun saylovlar 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.