Dunyodagi eng baland qum saroyi yasaldi
Daniyada dunyodagi eng baland qum minorasi yasaldi.


Uning balandligi 21,16 metr. Rekord Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan qayd etildi. Saroy muallifi niderlandiyalik haykaltarosh Vilfred Stiyger. Unga 30 kishidan iborat guruh yordamlashgan. Saroy qurilishida 5 000 tonna qum ishlatilgan.
Muallif g‘oyasiga ko‘ra, haykal pandemiya boshidan beri koronavirusning dunyo ustidan hukmronligini aks ettiradi, shuning uchun minora tepasiga COVID-19 modeli o‘rnatildi. Saroy keyingi yilning mart oyigacha saqlanib qolishi kutilmoqda, chunki uning qurilishida qumdan tashqari loy va yelimdan ham foydalanilgan.
Sharofat Mahmudova







