Nigeriyada bosqinchilar hujumi oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi
Nigeriyaning Zamfara shtatiga bosqinchilar hujum qildi. Natijada kamida 45 kishi halok bo‘ldi. Ammo politsiya hozirgacha 35 kishining o‘limini rasman tasdiqlagan.


Xabar qilinishicha, nomaʼlum shaxslar Faru tumanidagi 5 ta aholi yashash punktida otishma boshlagan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bosqinchilar 100 dan ortiq mototsikllarda kelishgan.
Otishmadan tashqari ular uylarga va oziq-ovqat do‘konlariga o‘t qo‘ygan.
Nigeriya shimoli-g‘arbida reydlar va to‘lov ilinjidagi ommaviy odam o‘g‘irlash, ayniqsa maktab o‘quvchilarining o‘g‘irlanishi tez-tez sodir bo‘ladigan hodisaga aylangan.
Nigeriya 12 yildan beri "Boko Xaram" ekstremistik guruhiga qarshi kurashib keladi.







