O'zbekiston

Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi 10 iyuldan test rejimida ochiladi

Uzbekistan Airports kompaniyasi poytaxt aeroportidan uchayotganda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida Toshkent xalqaro aeroporti terminali estakadasini ochishni tashkillashtiradi, деб xabar beradi “Gazeta.uz”.

Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi 10 iyuldan test rejimida ochiladi

 

 

Estakada bo‘ylab avtotransport vositalari harakati 2021 yil 10 iyuldan test rejimida ishga tushadi.

 

Kompaniyadagilarning taʼkidlashicha, estakada maydoni — umumiy platforma uzunligi — 110 metr, eni — 9,5 metr bo‘lib, u barcha avtotransport vositalarining o‘tishiga imkon bermaydi. Shu sababli test davrining birinchi bosqichida uchish terminaliga o‘tish qismini Toshkent xalqaro aeroporti bilan shartnoma imzolagan litsenziyaga ega taksilar, O‘zbekiston Turizm va sport vazirligining arizasiga ko‘ra, turistik avtobuslar hamda mikroavtobuslar, VIP va Business Lounge orqali xizmat ko‘rsatiladigan xorij delegatsiyalari avtotransportlari uchun ochish rejalashtirilmoqda.

 

Estakada bo‘sh joy bo‘lsa, avtomatik ravishda ochiladigan shlagbaumlar (har bir polosaga), yo‘l to‘siqlari (antitaran), bo‘sh joy borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida maʼlumot beruvchi tablo, avtotransport vositalaridagi yot predmetlarni aniqlash uchun mo‘ljallangan skaner (har bir polosaga), shuningdek, navbatchi operator uchun avtomatlashtirilgan nazorat kuzatuv punkti bilan jihozlanadi.

 

Butun estakada bo‘ylab transport vositalarining raqamlarini taniydigan, turini aniqlay oluvchi va ular tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishini nazorat etuvchi intellektual videokuzatuv kameralar tizimi o‘rnatilgan. Keyinchalik avtoulovlarning davlat raqamlarini tanib olish texnologiyasi hamda naqd va naqd pulsiz to‘xtash joyi uchun to‘lovlarni амалга oshirish имконини beradigan zamonaviy avtomatlashtirilgan to‘xtash tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

 

Toshkent xalqaro aeroportiga estakada orqali o‘tish qoidalari

 

Estakadaning o‘ng liniyasi turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun mo‘ljallangan;

Estakadaning chap liniyasi taksilar harakati uchun mo‘ljallangan;

Turistik avtobus va mikroavtobuslar uchun estakada bepul, harakatlanish hamda yo‘lovchilarni qisqa muddatda tushirish vaqti 10 daqiqadan oshmaydi, belgilangan vaqtdan o‘tib ketsa, har 10 daqiqa uchun to‘lov undiriladi;

Taksilar uchun estakada bepul harakatlanish hamda yo‘lovchilarni qisqa muddatda tushirish vaqti 10 daqiqadan oshmaydi, belgilangan vaqtdan o‘tib ketsa, har 10 daqiqa uchun to‘lov undiriladi;

O‘ng va chap liniyalarni ajratib turuvchi sariq chiziqni bosish taqiqlanadi va uni bosish qoidabuzarlik hisoblanib, jarima tayinlanadi.

Toshkent xalqaro aeroporti direktori Mirzohid Tursunovning taʼkidlashicha, estakadada bir vaqtning o‘zida 30 tagacha yengil avtomobil yoki turistik avtobus bilan birga, 17 tagacha yengil avtomobil tura oladi. «Bu juda kamligini bilamiz… shu sababli qo‘shimcha sharoitlarni tashkillashtiryapmiz, mavjud avtoturargohni test rejimida bepul ochishimiz mumkin. Pastda ham shu sxema bo‘yicha ishlanadi — avtomobillar uchun 5 daqiqa va avtobuslar uchun 10 daqiqa bepul (yo‘lovchilarni tushirish uchun)», — deydi u.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi 10 iyuldan test rejimida ochiladi | Zamon.uz