Amazon asoschisi Jeff Bezos bosh direktor lavozimidan ketganidan so‘ng uning boyligi anchaga ko‘paydi
Amazon asoschisi Jeff Bezos bosh direktor lavozimidan ketganidan keyingi besh kun ichida uning boyligi 10,6 milliard dollarga ko‘paygan.


Amazon aksiyalarining ko‘tarilishi tufayli milliarder hozirda 212,4 milliard dollarga ega bo‘ldi, bu rekord ko‘rsatkichdir.
Qayd etilishicha, Pentagon Amazon advokatlari sudda daʼvo qilmoqchi bo‘lgan bulutli hisoblash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Microsoft bilan tuzilgan 10 milliard dollarlik shartnomani bekor qilgani haqidagi xabarlar fonida kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari qiymati keskin ko‘tarilgan.
Bezos so‘nggi kunlarni Aydaxodagi tog‘ chang‘i kurortida o‘tkazdi, u yerda Allen & Co investitsiya bankining yillik konferensiyasida umumiy boyligi 825 milliard dollarga baholangan kamida 25 milliarder yig‘ilgan.







