Niderlandiyada kuniga 10 mingdan ortiq koronavirus holatlari tasdiqlandi
Bu 2020 yil dekabrdan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatgichdir.


Ayniqsa vaziyat so‘ngi to‘rt kun ichida keskin yomonlashdi. Yozning boshidan beri birinchi marta 6 iyul kuni ko‘rsatkichlar kuniga 2 mingdan oshdi, 7 iyulda 3600 dan ortiq yuqumli kasalliklar bo‘lgan va 9 iyul kuni bu ko‘rsatkich 7 mingga yaqinlashdi.
Endi kuniga 10345 nafar yuqumli kasallik ro‘yhatga olingani haqida xabar berilmoqda. Oxirgi marta bunday yuqori o‘sish 25 dekabrda qayd etilgan va bu rekord ko‘rsatkichlardan biridir.







