Statistika qo‘mitasi yanvar-may oylaridagi qurilish ishlari haqida maʼlumot berdi
Yilning dastlabki 5 oyida O‘zbekiston bo‘ylab qurilishlarga 37.3 trln so‘m ishlatilgan. 2020-yilning shu davri bilan solishtirganda o‘sish 100.9 % ni tashkil etdi. Bu haqda O‘zstatqo‘m maʼlumot berdi.


Davlat ulushida bo‘lgan korxonalar jami 1503.9 mlrd. So‘mlik qurilish ishlarini amalga oshirishgan, ularning respublika miqiyosidagi xissasi 4 % ni tashkil etadi. Nodavlat tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari miqdori 35764.8 mlrdni tashkil etib, ular respublikadagi 96 % qurilishlarni amalga oshirishgan. O‘tgan 5 oy davomida yirik qurilish kompaniyalari 8611.7 mlrd so‘mlik qurilish ishlarini amalga oshirishgan. Kichik korxona va mikrofirmalar jami 22420.8 mlrd so‘mlik qurilish ishlarini bajarishgan.







