Jahon

Afg‘oniston: kimning qanday maqsadi bor?

AQSH qo‘shinlarining olib chiqilayotgani ortidan Afg‘oniston yana kun tartibiga chiqdi. O‘tgan hafta davomida Tehronda tolibon va markaziy hukumat o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi, Moskvada Tolibon vakillari Rossiya Federatsiyasi  prezidenti vakillari bilan uchrashishdi. Umuman, so‘nggi kunlarda Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlangan uchrashuvlar, muzokara va maslahatlashuvlar ko‘paymoqda. Toshkentda 15-16-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasida ham afg‘on masalasi markaziy o‘rinda turadi. Afg‘oniston muammosining hal bo‘lishi nafaqat mazkur mamlakat, balki dunyoning va mintaqaning barcha yetakchi kuchlari uchun muhim. Quyida dunyo va mintaqa davlatlarining Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyalari muhokama qilinadi.

Afg‘oniston: kimning qanday maqsadi bor?

 

AQSH va NATOga aʼzo mamlakatlar

AQSH 2001 yildan beri Afg‘onistondagi harbiy harakatlari uchun qariyb 1 trillion dollardan ortiq mablag‘ sarfladi. Qo‘shma shtatlar va G‘arbning bir qator boshqa davlatlari uchun Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi, fuqarolik urushining to‘xtatilishi muhim. Shu sababli ham AQSH Tolibon bilan muzokaralar olib bordi. Vashington qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqqanidan keyin ham baribir jahonning yetakchi davlati sifatida Afg‘oniston masalasida yetakchi ishtirokchilardan biri sifatida qolaveradi. Endilikda AQSHning Afg‘onistondagi ishtiroki boshqacha shakllarda olib borilishi kutilmoqda.

NATOga aʼzo mamlakatlar ham o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishmoqda. Shu bilan birga Vashington va G‘arbning bir qancha davlatlari NATO aʼzosi bo‘lgan Turkiyaning Afg‘onistonda faol ishtirokchi bo‘lishiga umid bildirishmoqda. O‘tgan oyda Bayden maʼmuriyati  AQSH qo‘shinlari olib chiqib ketilganidan keyin Turkiya qo‘shinlaridan Qobul aeroportini qo‘riqlashni so‘ragani maʼlum bo‘ldi. Turkiya xali bunga aniq munosabat bildirgani yo‘q, chunki Afg‘onistonda chet davlatlar harbiy missiyalari juda nozik va qaltis masala hisoblanadi. Baʼzi mutaxassislarning fikricha, so‘nggi yillarda Turkiyaning turli yo‘nalishlarda olib borayotgan faol tashqi siyosatiga yana Afg‘oniston ham qo‘shiladigan bo‘lsa, bu yana-da ko‘p resurslarning jalb qilinishiga olib keladi.

Rossiya

Rossiya Markaziy Osiyo mintaqasi bilan bevosita chegaralarga ega. Moskva o‘zining janubiy chegaralarida barqarorlik bo‘lishini xohlaydi, shu sababli u ham Afg‘onistonda mustahkam tinchlik o‘rnatilishi tarafdori. Tolibonning Tojikiston-Afg‘oniston chegarasini nazoratga olishi ortidan chegarada beqarorlik vujudga kelish  xavfi kuchayib ketdi. Ayniqsa, mingga yaqin afg‘on harbiylarining Tojikistonga qochib o‘tishi bu xavotirlarni yana-da kuchaytirdi. Tolibon bunga javoban o‘tgan haftada Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda qo‘shni davlatlar chegaralarini buzmaslikka vaʼda berdi.

Rossiya Afg‘onistondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Moskva mintaqadagi ittifoqchilariga vaziyat keskinlashgan taqdirda to‘liq qo‘llab-quvvatlashni vaʼda qilmoqda. Rossiya afg‘on masalasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokchi sifatida ham, shuningdek KXSHT va SHXT orqali ham taʼsir ko‘rsatishga harakat qiladi.

Xitoy

Xitoy uchun Afg‘onistondagi tinchlik ikki omil tufayli muhim. Birinchidan, Xitoy Afg‘oniston bilan umumiy chegaralarga ega. Ikkinchidan, Afg‘oniston Pekinning mintaqadagi yirik iqtisodiy loyihalari, eng avvalo “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasida markaziy o‘rin egallaydi. Afg‘oniston o‘zining geografik joylashuvi bilan muhim tranzit mamlakat hisoblanadi. Xitoy bundan tashqari Afg‘onistondagi iqtisodiy jarayonlarda ham faol ishtirok etishi mumkin. Masalan, so‘nggi vaqtlarda Afg‘onistondagi yirik mis konlaridan biri Aynak koniga sarmoya kiritishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Umuman olganda, Afg‘onistondagi vaziyat Xitoy uchun xavflar bilan birga maʼlum imkoniyatlarni ham vujudga keltirmoqda.

Mintaqa mamlakatlari

Mintaqa mamlakatlari uchun Afg‘onistondagi vaziyat maʼlum darajada xavflarni, shu bilan birga keng imkoniyatlar manbasi bo‘lishi mumkin. Eng avvalo Markaziy Osiyo uchun Afg‘onistonda fuqarolar urushi avj olib ketmasligi muhim. Bu katta gumanitar, eng avvalo qochqinlar bilan bog‘liq muammolarni vujudga keltiradi. Mintaqa barqarorligiga putur yetishi uning iqtisodiy holatiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Shu sababli mintaqa mamlakatlari, eng avvalo O‘zbekiston Respublikasi doimiy ravishda afg‘on muammosini siyosiy vositalar bilan hal qilishga chaqirib keladi.Afg‘onistonda barcha siyosiy kuchlar ishtirokida konsensusga erishish nafaqat Afg‘oniston uchun, balki butun Markaziy Osiyo uchun katta iqtisodiy imkoniyatlar eshigini ochadi. Masalan, birgina O‘zbekiston o‘z mahsulotlarini Afg‘oniston orqali Hind okeaniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lib, eksport salohiyatini yana-da oshiradi. Turkmaniston o‘zining yirik gaz quvurlarini Afg‘oniston, Xitoy va Pokiston hududlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazishi mumkin.

Joriy yilning 15-16-iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasida Afg‘onistondagi vaziyat markaziy o‘rinda turadi. Konferensiya mintaqa va jahonning ko‘plab yirik kuchlarining afg‘on masalasi bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini bildirishlari uchun yaxshi maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Afg‘oniston 40 yildan ortiq urush ichida yashab kelmoqda. Unda mustahkam tinchlik o‘rnatilishi nafaqat butun mintaqa, balki butun dunyo uchun ham ijobiy ahamiyat kasb etadi.

 

Jahongir Ko‘ziyev

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Afg‘oniston: kimning qanday maqsadi bor? | Zamon.uz