“Delta” va boshqa shtammlar iqtisodiy o‘sishga tahdid solishi mumkin
AQSH Moliya vaziri Janet Yellen koronavirusning yangi variantlari pandemiyadan zarar ko‘rgan dunyo iqtisodiyotiga jiddiy xavf tug‘dirishini aytdi.


“Biz yangi “delta” va boshqa variantlardan xavotirdamiz, ular iqtisodiy o‘sishga tahdid solishi mumkin”, - dedi u Katta yigirmatalik uchrashuvidan so‘ng.
“Biz o‘zaro bog‘liq iqtisodiyotmiz. Dunyoning bir qismida yuz berayotgan holat boshqa barcha davlatlarga taʼsir qiladi”, - deb qo‘shimcha qildi u.
Ayni paytda dunyoda COVID-19 ning “delta” shtammi tez tarqalmoqda.
Maʼlum bo‘lishicha, Buyuk Britaniyada kasallikni yangi yuqtirib olayotganlarning 90 foizi shu shtammi bilan zararlangan. Fransiya ham “delta” shtamm tufayli epidemiyaning to‘rtinchi to‘lqini boshlanishidan xavotirda. Niderlandiyada “delta” shtamm tufayli COVID-19 bemorlari soni keskin oshdi. Shu sababli yangi cheklov choralari joriy etilmoqda.
Sharofat Mahmudova







