Jahon

Hindiston shimolida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 60 nafarga yetdi

Amber qo‘rg‘onidagi tomosha minorasiga yashin urilishi oqibatida bu yerda selfi qilayotgan 11 nafar turist bir vaqtning o‘zida halok bo‘lgan.

Hindiston shimolida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 60 nafarga yetdi

 

 

Hindiston shimolida yashin urishi oqibatida kamida 60 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda NDTV telekanali.

 

Xabarga ko‘ra, dam olish kunlari mintaqaga musson yomg‘irlari yopirilgan. Uttar-Pradesh shtatida 41 kishi yashin qurboniga aylangan. Hodisalar asosan qishloq joylarida yuz bergan, qurbonlar esa ayollar va bolalar bo‘lgan.

 

Rajastonda esa Amber qo‘rg‘onidagi tomosha minorasiga yashin urilishi oqibatida bu yerda selfi qilayotgan 11 nafar turist bir vaqtning o‘zida halok bo‘lgan. 

 

Yana to‘qqiz kishi shtatning turli joylarida yashin urishi natijasida hayotdan ko‘z yumgan.

 

Bosh vazir Narendra Modi halok bo‘lganlarning oilalariga moddiy yordam berilishini maʼlum qilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Hindiston shimolida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 60 nafarga yetdi | Zamon.uz