Hindistonda 49 kishi chaqmoq urishidan halok bo‘ldi
Bu haqda Times of India xabar qilmoqda.


Qurbonlarning 30 nafari Uttar-Pradesh, 19 nafari Rojaston shtatlarida ro‘yxatga olingan.
11 kishi Rojastonning Jaypur shahrida voqea joyidayoq halok bo‘lgan. Ular XII asrga tegishli Amber minorasi tepasida rasmga tushayotganda minorani chaqmoq urgan.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘zining Twitter sahifasida qurbonlarning qarindoshlari va jabrlanganlarga moliyaviy yordam berilishini yozdi.
Sharofat Mahmudova







