Moskvada Qurbon hayiti namozi masjidlarda o‘qilmaydi
Moskvada hayit namozi faqat Jome masjidida imomlar, muazzinlar va muftiy o‘rinbosarlari ishtirokida ado etiladi.


Pandemiya sababli Moskvada Qurbon hayiti namozi onlayn o‘qiladi, shahar masjidlari namozxonlar uchun yopiq bo‘ladi. Bu haqda Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi ulamolar kengashi xabar bermoqda.
«Moskvada hayit namozi faqat Jome masjidida imomlar, muazzinlar va muftiy o‘rinbosarlari ishtirokida ado etiladi. Boshqa masjidlarda, shuningdek, musulmonlarning mahalliy diniy tashkilotlarida hayit namozi o‘qish tavsiya qilinmaydi. Barcha musulmonlarga bayramni o‘z uylarida, oila davrasida o‘tkazish tavsiya qilinadi», — deyiladi muftiyat saytida.
Qayd etilishicha, hayit namozi o‘qilishi jarayoni «Rossiya 1» telekanali orqali translyatsiya qilinadi.
Xabarda aytilishicha, musulmonlar diniy boshqarmasi tarkibiga kiruvchi musulmonlarning hududiy diniy idoralari hayit namozini o‘qish tartibini joylarda epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda o‘zlari hal qiladilar.
2021 yilda Qurbon hayiti 20 iyulda nishonlanishi belgilangan.







