2021 yilning I yarim yilligida O‘zbekiston ichki valyuta bozori qanday o‘zgardi?
2021 yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 9,8 mlrd, talab esa 11,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank sharhida so‘z boradi.


Xususan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar 4,6 mlrd dollar, banklar va jismoniy shaxslar 3,7 mlrd dollar (2020 yilda – 2,4 mlrd dollar) sotildi. Davlat markazlashgan resurslari hisobidan esa 1,5 mlrd dollarlik chet el valyutasi sotildi.
Shuningdek, 6 oy ichida kompaniyalar 9,3 mlrd, fuqarolar 2 mlrd dollar sotib oldi. Xalqaro pul o‘tkazmalari orqali mamlakatga 3,3 mlrd dollar kelib tushdi (o‘sish - 1,4 barobar).







