O‘zbekistonda o‘tgan bir sutkada 283 kishida pnevmoniya, 497 kishida koronavirus tasdiqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 497 kishida koronavirus, 283 kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.


«2021 yil 12 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 116918 (+497) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
-
24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
-
38 nafari Andijon viloyatida,
-
23 nafari Buxoro viloyatida,
-
27 nafari Jizzax viloyatida,
-
18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
-
10 nafari Navoiy viloyatida,
-
41 nafari Namangan viloyatida,
-
43 nafari Samarqand viloyatida,
-
19 nafari Sirdaryo viloyatida,
-
51 nafari Surxondaryo viloyatida,
-
26 nafari Farg‘ona viloyatida,
-
9 nafari Xorazm viloyatida,
-
46 nafari Toshkent viloyatida,
-
122 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 283 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kecha kun davomida:
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 103 nafar,
-
Buxoro viloyatida 9 nafar,
-
Qashqadaryo viloyatida 20 nafar,
-
Navoiy viloyatida 15 nafar,
-
Namangan viloyatida 42 nafar,
-
Samarqand viloyatida 43 nafar,
-
Sirdaryo viloyatida 26 nafar,
-
Surxondaryo viloyatida 82 nafar,
-
Farg‘ona viloyatida 54 nafar,
-
Xorazm viloyatida 13 nafar,
-
Toshkent viloyatida 41 nafar,
-
Toshkent shahrida 56 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 112018 (+504) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 778 nafarni tashkil qildi.







