18 yoshli Trevis Ladlou yolg‘iz o‘zi Cessna 172R samoletida butun yer sharini uchib o‘tib Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Uning samoleti seshanba kuni Niderlandiyaga qo‘ndi.

U dunyo bo‘ylab sayohatini 29 may kuni aynan shu yerdan boshlagan.
40 ming km masofani pilot 44 kunda bosib o‘tdi.
Dastlab uning parvozi o‘tgan yilning may oyiga rejalashtirilgan edi. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli u 1 yilga kechiktirildi.
Trevis Ladlou rasman yer sharini yolg‘iz aylanib o‘tgan eng yosh odam bo‘ldi. Oldingi rekord amerikalik Meyson Endryusga tegishli bo‘lib, u 57 kunda sayyoramizni aylanib chiqqan edi.
Ladlou 12 yoshidan parvoz qilishni boshlagan, 14 yoshida Britaniyaning eng yosh planeristiga aylangan. U 9 yoshidan beri bu sayohatini rejalashtirib kelgan.
Sharofat Mahmudova







