Afg'onistonning 77 fuqarosi Tojikistonga qochib o'tdi
“Tolibon” harakati jangarilaridan jon saqlash maqsadida 77 kishi Afg‘onistonning Vaxan uyezdidan Tojikiston hududiga qochib o‘tdi.

Bu haqda Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 13 iyul kuni 26 nafar erkak, 20 nafar ayol va 31 nafar bola toliblar taʼqibidan qochib Tojikistonning Murg‘ob tumani Qizil Rabot qishlog‘idagi chegarani kesib o‘tgan. Ular Badaxshon viloyati Vaxan uyezdidagi Andemin qishlog‘i fuqarolari hisoblanadi.
Tojikistonlik chegarachilar «insonparvarlik nuqtayi nazaridan» qochqinlarning mamlakat hududiga o‘tishiga ruxsat bergan.







