Amir Temur xiyobonida nega odamlar to‘plangan edi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida to‘plangan 200 ga yaqin odamlar to‘plangani aks etgan videolavhalar tarqaldi.

Maʼlum bo‘lishicha, 13 iyun kuni soat taxminan 22:30 larda atrofida ijtimoiy tarmoqlarida “Subo” nomi bilan tanilgan bloger aynan shu joyga kelishini o‘zining Instagram sahifasida eʼlon qilgan.
Natijada, 200 dan ziyod odamlar xiyobonga kelishgan, ammo bloger o‘z videomurojatida buncha insonni kelishini kutmaganini eʼlon qilgan. Hatto muxlislari bilan ko‘rishmagan ham.
Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan fuqarolarga karantin qoidalariga rioya etishlari hamda ommaviy ravishda to‘planmasliklari tushuntirilgan va tarqatilgan.
Bloger aslida O‘zbekistonga uning tanlovida g‘olib bo‘lgan muxlisi bilan ko‘rishiga va uni o‘zi bilan Dubayga sayohatga olib ketishga kelgan.







