Braziliya prezidenti shifoxonaga yotqizildi
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru shifoxonaga yotqizildi.


Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru shifoxonaga yotqizildi. Mamlakat prezidenti matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, u 14 iyul kuni qornida og‘riq turishidan shikoyat qilganidan so‘ng Braziliya poytaxtidagi harbiy hospitalga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, prezident maʼmuriyati shifokorlari "hiqichoq sababini aniqlash" maqsadida uni shifoxonaga yotqizishga qaror qilgan.
Avvalroq Bolsonaru implant tishlar qo‘ydirganidan keyin to‘xtovsiz hiqichoq tutayotganidan shikoyat qilgan.
Bolsonaruning sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar saylovoldi kampaniyasi davrida boshlangandi. 2018 yil kuzida tarafdorlari oldida chiqish qilayotgan vaqtida unga nomaʼlum shaxs hujum qilgan va qorniga pichoq tortgandi. O‘shanda Bolsonaru birinchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan, undan keyin yana uch marta jarrohlik stoliga yotgan.







