Buyuk Britaniya agar “Tolibon” vakillari Afg‘oniston hukumatiga kirsa, ular bilan ishlashga tayyor ekanini bildirdi
Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles The Telegraph gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Hukumat qandan bo‘lishidan qatʼi nazar, agar u xalqaro meʼyorlarga rioya qilsa, Britaniya u bilan ishlaydi", - dedi Uolles.
Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri “Tolibon” bilan hamkorlik turli reaksiyalarga sabab bo‘lishini ham tan oldi.
"Barcha tinch jarayonlar dushman bilan kelishuvga erishishni talab qiladi", - deb taʼkidlagan u.
“Tolibon” istayotgan narsa bu - xalqaro tan olinish. Ular moliyalashtirishni va milliy qurilish uchun yordamni blokdan chiqarishi kerak. Ammo, buni terrorist niqobi ostida amalga oshirib bo‘lmaydi... Agar tinchlik yo‘lida hamkor bo‘lmasangiz, izolyatsiyada qolib ketishingiz mumkin" , - degan mudofaa vaziri.
Uning aytishicha, afg‘on xalqining qashshoqligi bilan izolyatsiyada turib kurashib bo‘lmaydi.
"Siz Yer yuzidagi eng qashshoq xalq bo‘lsangiz, sizga xalqaro hamjamiyatning yordami kerak"
Britaniya mudofaa vaziri “Tolibon” va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anini bir necha o‘n yillik mojarodan so‘ng muvozanatni tiklash maqsadida birga ishlashga chaqirdi.
"Hozir ularning ikkisi uchun ham yetakchiligini ko‘rsatib, Afg‘onistonni birlashtirish payti keldi"
Maʼlumot o'rnida, ertaga Toshkentda «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya ish boshylaydi.







