Jahon

“Emmi—2021” mukofotining nomzodlari nomi maʼlum bo‘ldi

Los-Anjelesda “Emmi” mukofotining nomzodlari eʼlon qilindi. 73-tantanali taqdirlash marosimi 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Emmi—2021” mukofotining nomzodlari nomi maʼlum bo‘ldi

 

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, nominatsiyalar soniga ko‘ra “Toj” va “Mandaloriyalik” seriallari yetakchilik qilmoqda — ular 24 ta yo‘nalish bo‘yicha mukofotga nomzod hisoblanadi. Ularning ortidan nominatsiyalar soni bo‘yicha “Vanda/Vijn” seriali (23 ta), «Joriya hikoyasi» (21 ta) va Saturday Night Live (21 ta) shousi o‘rin olgan.

Platformalar o‘rtasida yetakchilik HBO/HBO Max‘ga tegishli bo‘lib, uning loyihalari 130 ta nominatsiyada taqdim etilgan, undan keyingi o‘rinda Netflix joylashgan — 129 ta. Disney+ da 71 ta, NBC esa 46 ta nominatsiyaga daʼvogarlik qilmoqda.

«Eng yaxshi dramatik serial» uchun — “Yigitlar”, “Toj”, “Mandaloriyalik”, «Joriya hikoyasi», “Brijertonlar”, «Lavkraft mamlakati» va «Bu biz»;

«Eng yaxshi mini-serial» uchun  — «Qirolicha yurishi», “Vanda/Vijn”, «Men seni yo‘q qila olaman», «Isttaunlik Meyr» va «Yerosti temir yo‘li»;

«Eng yaxshi komedik serial» uchun — «Emili Parijda», «Kominski usuli», «Kay kobra», “Styuardessa”, «Ted Lasso», «Qora komediya», «Pen 15» va “Ayyorliklar” seriallari nomzodlik qilmoqda.

«Dramatik serialdagi eng yaxshi aktrisa» nomiga Oliviya Kolman va Emma Korrin (ikkisi ham “Toj” seriali), Uzo Abuda (“Bemorlar”), Elizabet Moss («Joriya hikoyasi»), Emjey Rodrigez (“Holat”), Jerni Smollett («Lavkraft mamlakati») kabi aktrisalardan biri sazovor bo‘lishi mumkin.

«Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor» nomiga esa Josh O‘Konnor (“Toj”), Billi Porter (“Holat”), Sterling Braun («Bu biz»), Rege-Jan Peyj (“Brijertonlar”) a Mettyu Riz («Perri Meyson») daʼvogarlik qiladi.

«Komedik serialdagi eng yaxshi aktrisa» nomiga Eydi Brayant (“Mahmadona”), Keyli Kuoko (“Styuardessa”), Ellison Jenni (“Onaxon”), Treysi Ellis Ross («Qora komediya») yoki Jin Smart (“Ayyorliklar”) kabi aktyorlardan biri sazovor bo‘lishi mumkin.

«Komedik serialdagi eng yaxshi aktyor» nomiga esa Entoni Anderson («Qora komediya»), Maykl Duglas («Kominski usuli»), Uilyam X. Meysi (“Hayosizlar”), Jeyson Sudeykis («Ted Lasso») yoki Kenan Tompson («Kenan shousi») daʼvogarlik qiladi.

Emmi — Amerikaning televizion mukofoti bo‘lib, “Oskar”ning televizion ekvivalenti hisoblanadi. U 1946 yilda asos solingan Televizion sanʼat va fan akademiyasi tomonidan topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda «Eng yaxshi dramatik serial» nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblik “Vorislar” serialiga nasib etgan, mazkur serial qahramoni Jeremi Strong esa «Eng yaxshi aktyor» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilgandi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"