O'zbekiston

Jahon musulmonlari sayohati indeksi reytingida O‘zbekiston 16-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston jahon musulmonlari sayohati indeksi reytingida 16-o‘rinni egalladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Jahon musulmonlari sayohati indeksi reytingida O‘zbekiston 16-o‘rinni egalladi

 

 

Maʼlum qilinishicha, O‘zbekiston MasterCard va CrescentRating tashkilotlari tomonidan har yili eʼlon qilinadigan «Jahon musulmon sayohati indeksi» (Global Muslim Travel Index 2021) xalqaro reytingida olti pog‘ona yuqorilab, 16-o‘rinni egallagan. Bu natija bilan O‘zbekiston aholisining aksariyat qismini musulmonlar tashkil etadigan mamlakatlar orasida eng jadal ko‘tarilgan mamlakat sifatida alohida eʼtirof etilgan.

 

 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning bu yilgi hisobotda jadal ko‘tarilishiga mamlakatda Islom dini bilan bog‘liq boy meroslarni o‘rganish va xalqaro miqyosda ommalashtirishga qaratilgan qator loyihalar asosiy sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.

 

Taʼkidlanishicha, O‘zbekiston ushbu reytingda 2018 yilda 32-o‘rin, 2019 yilda 22-o‘rinni egallagandi.

 

Maʼlumot uchun, 12-14 iyul kunlari Singapurning CrescentRating tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Halal In Travel Global Summit 2021 onlayn tadbiri o‘tkazilgan. Uning ilk kunida Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va Sport vaziri Aziz Abduhakimov ochilish nutqi bilan qatnashgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jahon musulmonlari sayohati indeksi reytingida O‘zbekiston 16-o‘rinni egalladi | Zamon.uz