Jeki Chan Xitoyning Kommunistik partiyasiga aʼzosi bo‘lishni istaydi
Gollivudning mashhur aktyori Jeki Chan Xitoyning Kommunistik partiyasiga havas qilishini va uning aʼzosi bo‘lishni xohlashini eʼlon qildi.


Gollivudning mashhur aktyori Jeki Chan Xitoyning Kommunistik partiyasiga havas qilishini va uning aʼzosi bo‘lishni xohlashini eʼlon qildi.
Uning bu so‘zlari samimiy ekani ko‘pchilikni shubhalantirmoqda.
Pekinda Xitoy kino sanʼati assotsiatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan kinosimpoziumdagi chiqishida Chan xitoylik ekanidan faxrlanishini aytgan.
"Men shuningdek, sizlarning Kommunistik partiya aʼzosi ekaningizga havas qilaman. Chunki bu partiya aytgan va vaʼda berganlari bir necha o‘n yillik ichida amalga oshadi. Men ham kommunistik partiya aʼzosi bo‘lishni istayman", - degan aktyor.
Xitoyning yirik Weibo ijtimoiy tarmog‘i yulduzning gaplari ustidan kulgan.
Birinchidan ular aktyor Xitoy hukumatiga yoqish uchun rol o‘ynagan deb hisoblashdi. Iikkinchidan aktyor partiya aʼzosi bo‘lishga loyiq emasligini aytishmoqda.
Sharofat Mahmudova







