O'zbekiston

Mavlud Chovusho‘g‘li Farg‘onaga keldi

Bugun, 14 iyul kuni Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Mehmonning samolyoti Farg‘ona xalqaro aeroportiga qo‘ngan.

Mavlud Chovusho‘g‘li Farg‘onaga keldi

 

 

Avval xabar berganimizdek, 15-16 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavushog‘lu o‘z safarini Farg‘onadan boshladi.

 

Yuqori martabali mehmonni aeroportda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Aʼzamov kutib oldi. Tashrif davomida ularga shuningdek ikki tomonning favqulodda va muxtor elchilari hamrohlik qilmoqda. 

 

 

Kutib olish marosimidan so‘ng Mavlud Chovusho‘g‘li Marg‘ilondagi hunarmandchilik markazi tomon yo‘l oldi. 

 

Bu Mavlud Chovusho‘g‘lining O‘zbekistonga ikkinchi tashrifi bo‘lib, bundan oldin u 2021 yilning 6-9 mart kunlarida Xiva, Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarida bo‘lgan. 
 
 

Tashrif rejasiga ko‘ra, kun davomida Turkiya tashqi ishlar vaziri Marg‘ilondagi Hunarmandlar markazini hama Oltiariq tumanidagi uzumchilik bog‘larini borib ko‘radi, Qo‘qondagi Xudoyorxon saroyi hamda Jome majmuasi bilan tanishadi.

 

Mevlyut Chavushog‘lu bugun kech soatlarda Farg‘onaga tashrifini yakunlab, ertaga boshlanadigan xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkentga uchib ketadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Mavlud Chovusho‘g‘li Farg‘onaga keldi | Zamon.uz