“Tolibon”dan qochgan 80 ga yaqin afg‘onistonlik Tojikiston hududiga o‘tdi
Afg‘onistonning Badaxshon viloyati Vaxon tumanida yashovchi 77 nafar fuqaro “Tolibon”ning taʼqibidan qochib, Tojikiston hududiga o‘tdi. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot markaziga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.


«13 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da Afg‘oniston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan 77 kishi, xususan, 26 nafar erkak, 20 nafar ayol va 31 nafar voyaga yetmaganlar Tojikistonga keldi. Asosan, Badaxshon viloyatining Vaxon tumanidagi Andemin qirg‘iz qishlog‘i aholisi bo‘lgan ushbu kishilar, “Tolibon” taʼqibidan qo‘rqib va o‘z hayotlarini saqlab qolish uchun Tojikistonning Murg‘ob viloyati, Qizilrabot qishlog‘idagi davlat chegarasini kesib o‘tgan», — deyiladi xabarda.







