Xitoyda mehmonxona qulab tushishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning Szyansu provinsiyasi, Suchjou shahridagi “Kayyuan” mehmonxona binosining qulab tushishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.


Fojia 12 iyul kuni sodir bo‘lgan. Qidiruv-qutaruv va vayronalarni demontaj qilish ishlariga 600 dan ortiq odam, kranlar va boshqa texnikalar jalb qilingan. Natijada, bino vayronalari ostidan asosan mehmonxona mehmonlaridan iborat bo‘lgan 23 kishi olib chiqilgan, ulardan besh nafari turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
«13 iyul kuni soat 09:00 ga (Toshkent vaqti bilan 06:00) kelib barcha qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi», — deyiladi Xitoy markaziy telekanalida.
Mahalliy hukumat mehmonxona qulashining dastlabki sababi sifatida bino egasi tomonidan ruxsatsiz boshlangan rekonstruksiyani qayd etdi. Hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.







