“Kosmosga uchmoqchimisiz? 100 dollar to‘lab qo‘ying”
Virgin Galactic kompaniyasi 2022 yilga mo‘ljallangan samoga tijoriy reys uchun ikkita chipta o‘ynalishini eʼlon qildi. Ishtirok etish uchun arizalar 1 sentyabrgacha qabul qilinadi, g‘oliblar 29 sentyabr kuni eʼlon qilinadi.

Istovchilar o‘yinda bepul qatnashishi mumkin, ammo yutish imkonini oshirmoqchi bo‘lganlar to‘lov qilishiga to‘g‘ri keladi. 100 dollar evaziga ishtirokchi ismi 2000 marta ro‘yxatga kiritiladi.
Qayd etilishicha, yig‘ilgan mablag‘ Space For Humanity notijorat tashkilotiga xayriya qilinadi.
"G‘olib ikkita chiptaga ega bo‘ladi. Bittasi o‘zi uchun, ikkinchisi g‘olib taklif qilgan mehmon uchun", - deyiladi xabarda.







