Millionlarga sotilgan surat
BBC nashrining yozishicha, Buyuk Britaniyaning mashhur rassomi Benksining “Game Changer” kartinasi auksionda $23 mlnga sotildi.

Bu esa rekord natijani koʻrsatmoqda. Oq-qora suratda hamshira koʻrinishidagi qoʻgʻirchoqni oʻynayotgani tasvirlangan. Yonginasidagi chelakda esa Oʻrgimchak odam va Betmen oʻyinchoqlari yotgani koʻrsatilgan. Avvalroq surat muallifi bu ijod mahsulini tibbiyot xodimlariga hurmat sifatida shifoxonaga sovgʻa qilgan edi. 2020-yil bahor faslidan buyon bu kartina shifoxona devorida osilib turardi. Endilikda kartina evaziga kelgan mablagʻ bemorlar va shifokorlarni qoʻllab-quvvatlash uchun foydalaniladi.







