“O‘zbek matolaridan parda tiktiraman” — Mariya Zaxarova
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zbek matolaridan parda tiktirishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi. Bu haqda u o‘zining telegramdagi sahifasida yozib qoldirgan.


“Ota-onam turli davlatlardan so‘zana va boshqa kashtachilik buyumlarini olib kelishgan. Pardalar ham bor edi. Ammo pardalar quyosh va vaqt taʼsirida sitilib ketdi. Mehnat taʼtilimda shu bilan shug‘ullanaman” degan Rossiya TIV vakili.







