Pokistonning sobiq prezidenti Mamnun Husayn 81 yoshida vafot etdi
Bu haqda kecha tunda Ge TV telekanali Husaynning o‘g‘liga tayanib xabar qildi.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, sobiq prezident uzoq vaqt saraton bilan kasallangan. So‘nggi ikki haftada Mamnun Husayn xususiy tibbiyot klinikasida onkologik kasallikdan davolanayotgan bo‘lgan.
Aynan shu uning o‘limiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mamnun Husayn 2013-2018 yillarda Pokistonni boshqargan. U 2013 yilda mamlakat prezidenti bo‘lgan. Bungacha es Sind provinsiyasi gubernatori lavozimida ishlagan.







