Rossiyada temiryo‘lni portlatish bilan “shantaj” qilgan erkak qo‘lga olindi
Rossiyaning Tver viloyatida erkak temiryo‘l stansiyasini portlatish bilan tahdid qildi. Poyezdlar harakati zudlik bilan to‘xtatib qo‘yildi.

Voqea Tver viloyatidagi Redkino stansiyasida yuz bergan. Politsiya mast ahvoldagi erkakni qo‘lga olgan. U alahsib, tezda akasi bilan ko‘rishishi kerakligini aytgan. Erkakning qo‘lida granata bo‘lgan.
Xabar qilinishicha, hodisa tufayli qator reyslar to‘xtatilgan.







