Toshkent shahar hokimligi fuqarolarga 5724.9 mln so‘m ajratadi
Toshkent shahar hokimligi davlat organlari tomonidan yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplash uchun deyarli 6 milliard so‘m ajratdi.

Fuqarolar va yuridik shaxslarga davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi natijasida yetkazilgan zarar shahar hokimligi tomonidan qoplab beriladi. Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning shu mazmundagi qarori chiqdi. Hujjatda ko‘rsatilishicha, qarorni amalga oshirish maqsadida 5724.9 mln so‘m mablag‘ ajratiladi. Qarorda ko‘rsatilishicha, to‘lov bilan bog‘liq mablag‘lar Toshkent shahar Moliya boshqarmasi tomonidan sud qarorlari asosida ajratib beriladi.







