Jahon

Germaniyada kuchli suv toshqini oqibatida 58 kishi qurbon bo‘ldi, 1300 kishi bedarak yo‘qolgan

Germaniya g‘arbidagi Arvayler okrugi hokimiyati kuchli suv toshqinidan so‘ng mingdan ortiq odamning bedarak yo‘qolganini xabar qildi.

Germaniyada kuchli suv toshqini oqibatida 58 kishi qurbon bo‘ldi, 1300 kishi bedarak yo‘qolgan

 

Dushanbadan beri yog‘ayotgan kuchli yomg‘ir suv toshqiniga sabab bo‘ldi.

 

"Ayni paytda 1,3 ming kishi bedarak yo‘qolgan. Birgina Bad-Noyenar-Arvayler shahrida tongda mingga yaqin chaqiruv bo‘lgan, qutqaruv operatsiyalari hozirgacha davom etmoqda. Murakkab vaziyat tufayli holat yuzasidan yakuniy xulosa qilishning hozircha imkoni yo‘q", - deyiladi okrug matbuot xizmati xabarida.

 

Arveyler okrugida 130 ming odam yashaydi.

 

Dushanba kunidan beri Germaniya janubi-g‘arbida kuchli yomg‘ir kuzatilmoqda. Reyna Ar, Mozel, Zauer, Pryum, Nims, Kil, Erft daryolari o‘zanidan chiqib ketgan.

 

Germaniyada favqulotda vaziyat qurbonlari soni 58 nafarga yetdi.

 

Kansler Angela Merkel tabiiy ofatdan ko‘rilgan zarar bir necha kunda aniqlanishini eʼlon qildi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Germaniyada kuchli suv toshqini oqibatida 58 kishi qurbon bo‘ldi, 1300 kishi bedarak yo‘qolgan | Zamon.uz