Ozarbayjon O‘zbekistonga 50 ming doza AstraZeneca vaksinasini yubordi
Ozarbayjondan COVAX dasturi doirasida Toshkentga 50 ming dozadagi AstraZeneca vaksinaci yetkazib berildi.

Vaksinalar COVAX dasturining hamkori YUNISEF va Ozarbayjon elchixonasi ko‘magi bilan olib kelindi, deya xabar bermoqda BMTning Bolalar jamg‘armasi.
«Vaksinalar shoshilinch tarzda hammaga adolatli ravishda yetkazib berilmas ekan, dunyo COVID-19 virusining mutatsiyalari xavfi ostida qolaveradi», — deya taʼkidladi YUNISEF.
17 mart kuni AstraZeneca vaksinasining ilk 660 ming dozasi O‘zbekistonga olib kelingan edi.







