Toshkentda yirik xalqaro konferensiya ish boshladi
Bugun soat 10:00 da Toshkentda "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi ish boshladi.


Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyov nutq so‘zlamoqda. Konferensiyada Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Pokiston bosh vaziri Imron Xon, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari va boshqa chet davlatlar tashqi ishlar vazirlari hamda oliy martabali mehmonlar ishtirok etishmoqda.







