Germaniyada suv toshqini qurbonlari 133 nafarga yetdi
Germaniyaning g‘arbiy qismida ro‘y berayotgan suv toshqinlari qurbonlari soni 133 kishiga yetdi.


Tabiiy ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rgan Reynland-Pfalziya federal shtatidagi Koblenz shahri politsiyasi ushbu mintaqada 90 ga yaqin odam halok bo‘lganligini xabar qildi. Yana 43 kishi qo‘shni Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal shtatida vafot etgan.
Markaziy Yevropada toshqinlar haftaning o‘rtalarida kuchli va uzoq muddatli yomg‘irlar tufayli boshlandi. Noqulay ob-havo Niderlandiya, Fransiya va Belgiyaning bir qator mintaqalariga ham taʼsir ko‘rsatdi. Belgiyada 20 kishi halok bo‘ldi.
Germaniyada toshqinlar sababli 102 ming kishi elektrsiz qoldi, minglab mahalliy aholi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lmoqda.
Fransiya, o‘z navbatida, Germaniyaga yomon ob-havo oqibatlariga qarshi kurashishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Nasiba To‘xtayeva







