Xitoyda qurilayotgan bino qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning Fujian viloyatida qurilayotgan binoning qulashi kamida sakkiz kishini hayotdan olib ketdi.

Maʼlum bo‘lishicha, to‘rt kishi kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan, yana to‘rt kishi tibbiy muassasada vafot etgan.
Hodisaning boshqa tafsilotlari haqida xabar berilmagan.
Bir necha kun oldin Suzjouda mehmonxona binosining bir qismi qulab tushgan edi, natijada 17 kishi halok bo‘ldi va besh kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Nasiba To‘xtayeva







