Jahon

AQSH kosmosdagi infratuzilmasini himoya qilish uchun dunyo bo‘ylab josuslik bazalarini quradi

AQSH kosmosdagi Rossiya va Xitoy tahdidlariga qarshi turish uchun dunyoning turli burchaklarida uchta josuslik bazasi tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Sky News» xabar berdi.

AQSH kosmosdagi infratuzilmasini himoya qilish uchun dunyo bo‘ylab josuslik bazalarini quradi

 

Maʼlum bo‘lishicha, bazalar Shotlandiya, AQSHning Texas shtati va Avstraliyada qurilishi rejalashtirilgan. Ulardan birinchisi 2025 yilda ishga tushirilishi aytilgan.

 

Jurnalistlarning yozishicha, bazalar Rossiya yoki Xitoy kabi davlatlarning sunʼiy yo‘ldoshlarga hujum qilishga urinishini kuzatib borish uchun kerak bo‘ladi.

 

Taʼkidlanishicha, ular 36 000 kilometrgacha bo‘lgan masofadan futbol to‘pi o‘lchamidagi moslamalarni aniqlay oladigan radar texnologiyasi bilan jihozlanadi.

 

«Bu kerak, chunki biz orbitada tizimlarimizga tahdid solishi mumkin bo‘lganlarni doimiy ravishda kuzatib borishni istaymiz», — degan AQSH kosmik kuchlari podpolkovnigi Jek Uolker.

 

Buyuk Britaniyaning Qirollik kuchlari rahbari Mayk Uigston baʼzi mamlakatlarda Yerdan orbitadagi nishonlarni ura oladigan lazerlar hamda boshqa sunʼiy yo‘ldoshlarga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan moslamalar ishlab chiqilayotganini taʼkidlagan.

 

«Biz kosmosdagi muhim infratuzilmani himoya qilishga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Hozirda Rossiya va Xitoy kabi sunʼiy yo‘ldoshlarga xavf tug‘diradigan tizimlarni rivojlantirayotgan mamlakatlar mavjud», — deb taʼkidlagan u.

 

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH kosmosdagi infratuzilmasini himoya qilish uchun dunyo bo‘ylab josuslik bazalarini quradi | Zamon.uz