Jahon

AQSHda otishma: 2 kishi o‘ldi, 4 kishi yaralandi

Amerikaning Sakramento shahrida yuz bergan otishma natijasida ikki kishi halok bo‘ldi va yana to‘rt kishi yaralandi, deya xabar beradi mahalliy politsiya boshqarmasi.

AQSHda otishma: 2 kishi o‘ldi, 4 kishi yaralandi

 

Taʼkidlanishicha, hodisa juma kuni mahalliy vaqt bilan 23.45 da (shanba kuni  Toshkent vaqti bilan 11.45) sodir bo‘lgan. Hodisa joyidan bir nechta o‘qotar qurollar topilgan.

 

"Ikki kishining o‘limi haqida xabar berilgan. Hayot uchun xavfli bo‘lmagan jarohatlar bilan yana to‘rt nafar jabrlanuvchiga mahalliy shifoxonalarda tibbiy yordam ko‘rsatildi", deyiladi politsiyaning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

 

Taʼkidlanishicha, otishma sabablari nomaʼlum. Biroq, politsiya otishmani keltirib chiqargan ikki guruh o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lishi mumkin deb taxmin qilmoqda. Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari gumonlanuvchilar haqida maʼlumotga ega emaslar.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSHda otishma: 2 kishi o‘ldi, 4 kishi yaralandi | Zamon.uz