Dunyo bo‘yicha ochlik sabab o‘lim ko‘rsatkichi 6 baravar oshdi
O‘tgan yili har daqiqada 11 kishi ochlik sabab vafot etgan.

Bu koronavirusdan vafot etganlardan ham ko‘p. COVID-19 sabab 1 daqiqada 7 kishi vafot etgan.
Xalqaro Oxfam xayriya tashkiloti hisobotiga ko‘ra, hozir 155 mln kishi ochlikda yashayapti. Ularning 20 millioni o‘tgan yili shu avholga tushgan.
Tashkilotning fikricha, ochlikka barham berishning yo'li – urushlarni toʻxtatish va xalqaro donorlar koʻmagi.







