Jahon

Koronavirus sabab sunʼiy komaga tushirilgan rus qo'shiqchisi MakSimning yuragida ham muammo kuzatilmoqda

Deyarli to‘rt hafta avval koronavirus sabab sunʼiy komaga tushirilgan xonanda MakSimning ahvoli kundan kunga yomonlashmoqda. Qo‘shiqchida yurak va o‘pkaning o‘ng tomoni bilan bog‘liq muammolar boshlangan, deb yozadi Starhit.

Koronavirus sabab sunʼiy komaga tushirilgan rus qo'shiqchisi MakSimning yuragida ham muammo kuzatilmoqda

 

Taʼkidlanishicha, 38 yoshli xonandaning o‘ng o‘pkasi faoliyatida jiddiy muammo kuzatilgan. Rentgen tekshiruvi aʼzoda o‘sma va bo‘shliq tobora ko‘payib borayotganini ko‘rsatgan. Asoratlarning boshlangani sabab hatto sunʼiy ventilyatsiya apparati ham yordam bermayapti, deyiladi xabarda. O‘pkalar faoliyati bilan bog‘liq muammo yurakka ham taʼsir qilgan — qo‘shiqchida chap bo‘lim kengaygani kuzatilgan, bu esa yurakning chap qorinchasi yetishmovchiligidan darak beradi. Shifokorlar 1 oyga yaqin vaqtdan buyon og‘ir ahvolda bo‘lgan, MakSim taxallusi bilan ijod qiladigan Marinaning salomatligi haqida oldindan hech narsa demayapti.

Ijodkorning piar direktori Margarita Sokolova Marinaning ahvoli yaxshilanmagani bilan, umid borligini, hozirgi vaqtda faqatgina qilingan duolar yordam berishi mumkinligini taʼkidlagan. Keyinchalik Margarita MakSimning salomatligi haqida tarqalgan so‘nggi maʼlumotlarga ham munosabat bildirgan.

«Aziz do‘stlar, yana telefon va direct tinchimayapti. Marinaning ahvoli haqidagi axborotni kim tarqatganini bilmayman. Bunday yangilikni qarindoshlar ruxsatisiz tarqatish qonunan ham taqiqlangan. Dam olish kuni bo‘lgani sabab oila aʼzolari va bizda hatto bunday maʼlumot yo‘q. Davolaydigan shifokorlar dam olyapti va biz aynan ular bilan aloqada bo‘lamiz. Dushanbagacha hech qanday aniq maʼlumot bo‘lmaydi. To‘g‘ri tushunishingizni so‘rayman! Kutamiz», — deb yozgan u Instagram sahifasida.

Bundan besh kun avval ham xonandaning qonida zararlanish boshlangani haqida mish-mish tarqalgan, ammo uning piar direktori bu maʼlumotni inkor qilgan.Deyarli to‘rt hafta avval koronavirus sabab sunʼiy komaga tushirilgan xonanda MakSimning ahvoli kundan kunga yomonlashmoqda. Qo‘shiqchida yurak va o‘pkaning o‘ng tomoni bilan bog‘liq muammolar boshlangan, deb yozadi Starhit.

Taʼkidlanishicha, 38 yoshli xonandaning o‘ng o‘pkasi faoliyatida jiddiy muammo kuzatilgan. Rentgen tekshiruvi aʼzoda o‘sma va bo‘shliq tobora ko‘payib borayotganini ko‘rsatgan. Asoratlarning boshlangani sabab hatto sunʼiy ventilyatsiya apparati ham yordam bermayapti, deyiladi xabarda. O‘pkalar faoliyati bilan bog‘liq muammo yurakka ham taʼsir qilgan — qo‘shiqchida chap bo‘lim kengaygani kuzatilgan, bu esa yurakning chap qorinchasi yetishmovchiligidan darak beradi. Shifokorlar 1 oyga yaqin vaqtdan buyon og‘ir ahvolda bo‘lgan, MakSim taxallusi bilan ijod qiladigan Marinaning salomatligi haqida oldindan hech narsa demayapti.

Ijodkorning piar direktori Margarita Sokolova Marinaning ahvoli yaxshilanmagani bilan, umid borligini, hozirgi vaqtda faqatgina qilingan duolar yordam berishi mumkinligini taʼkidlagan. Keyinchalik Margarita MakSimning salomatligi haqida tarqalgan so‘nggi maʼlumotlarga ham munosabat bildirgan.

«Aziz do‘stlar, yana telefon va direst tinchimayapti. Marinaning ahvoli haqidagi axborotni kim tarqatganini bilmayman. Bunday yangilikni qarindoshlar ruxsatisiz tarqatish qonunan ham taqiqlangan. Dam olish kuni bo‘lgani sabab oila aʼzolari va bizda hatto bunday maʼlumot yo‘q. Davolaydigan shifokorlar dam olyapti va biz aynan ular bilan aloqada bo‘lamiz. Dushanbagacha hech qanday aniq maʼlumot bo‘lmaydi. To‘g‘ri tushunishingizni so‘rayman! Kutamiz», — deb yozgan u Instagram sahifasida.

Bundan besh kun avval ham xonandaning qonida zararlanish boshlangani haqida mish-mish tarqalgan, ammo uning piar direktori bu maʼlumotni inkor qilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Koronavirus sabab sunʼiy komaga tushirilgan rus qo'shiqchisi MakSimning yuragida ham muammo kuzatilmoqda | Zamon.uz