Rossiyadagi MDH migrantlari oxirgi paytda vataniga qancha pul yuborgani ma'lum bo'ldi
Rossiyaga MDH mamlakatlaridan kelgan muhojirlar o‘z vataniga yuboradigan mablag‘ miqdori kamaygani haqida xabar berildi.

Maʼlum qilinishicha, 2021 yilning birinchi choragida o‘tkazmalar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,5 foizga kamaygan va 1,85 milliard dollarni tashkil etgan.
Barcha davlatlar orasida faqat O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari o‘sgan. Bir yil davomida hamyurtlarimiz respublikaga avvalgi davrga nisbatan 12,4 foiz ko‘proq yoki 680,4 million dollar jo‘natganlar.
Turkmaniston esa boshqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda eng katta pasayishni ko‘rsatgan: o‘tgan yilning birinchi choragida ushbu respublikaga 0,8 million dollar, bu yil esa atigi 0,1 million dollar jo‘natildi.
Rossiya Federatsiyasidan Armanistonga (4,2 foizga, 113,1 million dollarga) va Belorussiyaga (4,3 foizga, 102,9 million dollarga) yuborilgan pul o‘tkazmalari esa deyarli o‘zgarishsiz qolgan.







