Xitoy pandemiyaga qarshi kurashishda rivojlanayotgan davlatlarga qancha mablag' ajratishini ma'lum qildi
Bu pullar yaqin uch yil ichida yetkazib beriladi.

Xitoy hukumati Covid-19 pandemiyasi asoratlariga qarshi kurashish uchun rivojlanayotgan davlatlarga $3 mlrd mablag' berishni aytib o’tdi.
Bu haqda Xitoy rahbari Si Szinpin Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ma’lum qildi.
Davlat rahbari ta’kidlashicha, Xitoy hozirda pandemiya va ommaviy emlanish bilan bog’liq muammolarni yengib o’ta oldi. Shu bilan birga, boshqa davlatlarga 500 mln dozada vaksinalar jo’natgan.
“Yaqin uch yil ichida Xitoy epidemiyalarga qarshi kurashni qo’llab-quvvatlash va rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini tiklash uchun yana $3 milliardlik xalqaro yordam ajratadi”, — deb qo’shimcha qildi u.







