Angliyada koronavirus bilan bog‘liq barcha ichki cheklovlar, kasallanish ko‘payganiga qaramay olib tashlandi
Jonson shuningdek, fuqarolarni COVID-19‘ga qarshi faol emlanishga chaqirdi.

Angliyada 19 iyul, dushanbadan boshlab, koronavirus bilan bog‘liq barcha ichki cheklovlar, kasallanish ko‘payganiga qaramay olib tashlanadi. Barcha muassasalarga cheklovsiz ishlashga ruxsat berildi. Majburiy niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash va uydan ishlash ham bekor qilingan.
Shotlandiyada ham dushanbadan boshlab cheklovlar sezilarli darajada yumshatildi. Shimoliy Irlandiyada cheklov choralari 26 iyulda o‘zgartirilishi mumkin.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson videomurojaatida hozirda cheklovlarni bekor qilish uchun eng yaxshi vaqt ekanligini aytdi, chunki ochilish kuzga yoki qishgacha kechiktirilsa, "sovuq ob-havo tufayli virus afzalliklarga ega bo‘ladi".
Jonson shuningdek, fuqarolarni COVID-19‘ga qarshi faol emlanishga chaqirdi.
To‘liq emlangan fuqarolar, "sariq ro‘yxat" dagi mamlakatlardan qaytib kelgach, dushanbadan boshlab 10 kunlik karantinga rioya qilishlari shart emas.
Shu bilan birga, kasal COVID-19 bilan yaqin aloqada bo‘lganidan keyin o‘zini izolyatsiya qilish talablari o‘z kuchini yo‘qotmaydi.
Nasiba To‘xtayeva







