Jahon

Olimlar o‘rgimchak zaharidan yurak xurujiga qarshi dori yaratdi

Avstraliyalik olimlar o‘rgimchak zahari asosida miokard infarktiga uchragan odamlarning hayotini saqlab qolish hamda donor yuraklarning umrini uzaytiradigan dori yaratishdi.

Olimlar o‘rgimchak zaharidan yurak xurujiga qarshi dori yaratdi

 

 

Maʼlumki, yurak xurujidan so‘ng yurakka qon quyilishi kamayadi, bu esa yurak mushagida kislorod yetishmasligiga olib keladi. Kislorod yetishmasligi hujayra muhitini kislotali qiladi va molekulyar darajada organizm yurak hujayralariga o‘lim signalini yuboradi.


Bir necha o‘n yillar davomida tadqiqotchilar yurak hujayralarida "o‘lim signalini" to‘xtatadigan dori ishlab chiqara olmay kelayotgan edi. Ammo Kvinslend universiteti va Yangi Janubiy Uels universiteti Yurak tadqiqotlari instituti mutaxassislari Freyzer orolidagi o‘rgimchak zahari tarkibidagi  Hi1a oqsilining yurakdagi kislota sezgir ion kanallarini to‘sib qo‘yishini, o‘lim signalining oldini olishini aniqladilar. 


Natijada hujayralardagi o‘lim xavfi kamayadi va yurak xurujiga uchragan bemorlarning tirik qolish darajasi oshadi. Bundan tashqari Hi1a oqsili asosida yaratilgan dori donor yuraklarning umrini sezilarli darajada uzaytirishi mumkin.


Hozirda olimlar Hi1a oqsilini inson yurak hujayralarida sinab ko‘rishmoqda va ular kelajakda to‘laqonli klinik sinovlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqdalar.

 

Nasiba To‘xtayeva

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Olimlar o‘rgimchak zaharidan yurak xurujiga qarshi dori yaratdi | Zamon.uz