Rossiyada o‘zbekistonlik erkak hamyurtini otib qo‘ydi
Rossiyaning Leningrad viloyati Gatchina shahridagi kafe oldida ikki o‘zbekistonlik erkak o‘rtasidagi ziddiyat otishmaga olib keldi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.

Maʼlum bo‘lishicha, 17 iyul, shanba kuni Sobor ko‘chasidagi ko‘ngilochar muassasada 2 nafar o‘zbekistonlik erkak orasida janjal kelib chiqqan. Oqibatda erkaklardan biri raqibining oyoq qismiga pnevmatik qurol bilan o‘q uzgan. Erkak olgan tan jarohati oqibatida Gatchina klinik kasalxonasiga yotqizilgan.
Taʼkidlanishicha, hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.







