Sergey Lavrov Markaziy Osiyodagi hamkasblari Afg‘oniston masalasida to‘g‘ri qaror qabul qilishlariga ishonch bildirdi
"Mening Markaziy Osiyolik hamkasblarim ushbu rejalardagi barcha xatarlarni yaxshi bilishadi. O‘ylaymanki ular o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, to‘g‘ri qaror qabul qilishadi."


Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH tomonidan ularga harbiy operatsiya jarayonida ko‘mak bergan 10 minglab afg‘onlar va ularning oilalarini qo‘shni mamlakatlarga ko‘chirib o‘tkazishga bo‘layotgan urinishlarni izohladi.
"Mening Markaziy Osiyolik hamkasblarim ushbu rejalardagi barcha xatarlarni yaxshi bilishadi. O‘ylaymanki ular o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, to‘g‘ri qaror qabul qilishadi."
Oy boshida AQSH Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan amerikaliklarga kampaniyalari davrida ko‘mak bergan 9 ming afg‘onistonlikka vaqtincha boshpana berishni so‘ragandi.







